Video darslar · №9
1-bilet, 9-savol
Umurtqa pogʻonasining koʻkrak sohasi shikastlangan jabrlanuvchini transportda qanday tashish kerak?
Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.
Javob variantlari
- 1Qattiq taxtada orqasi bilan yotgan holda
- 2Yumshoq toʻshamada orqasi bilan yotgan holda
- 3Qattiq taxtada yoni bilan yotgan holda
Nega shunday?
- 1Umurtqa shikastlanganda eng xavflisi — umurtqalar siljib, orqa miyani jarohatlashi.
- 2Yumshoq to‘shakda tana egiladi, yonboshlab yotganda esa buraladi — ikkalasi ham xavfli.
- 3Faqat qattiq taxtada chalqancha yotganda umurtqa tekis turadi va qimirlamaydi.
YHQ izohi: Avtotest 2.0- 4.7 Umurtqa pogʻonasi shikastlanganda orqa (umurtqa) miyani jarohatlanishidan saqlab qolish uchun umurtqa pogʻonalarining bir-biriga nisbatan siljishini oldini olish muhimdir. Umurtqaning minimal qoʻzgʻalishini taʼminlash uchun jarohatlangan kishini qattiq tekislikka joylashtirib, uning harakatini imkon darajada cheklash lozim.
Barcha video darslar — ilovada
Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.