1-bilet, 20-savol
Qaysi shartlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?
Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.
Javob variantlari
- 1Gidravlik tormoz tizimidan suyuqlik oqayotgan boʻlsa
- 2Ishchi tormoz tizimi samaradorligi talabga javob bermaydi
- 3Kompressor pnevmatik tormoz tizimida oʻrnatilgan bosimni taʼminlay olmagan holatda
- 4Koʻrsatilgan barcha holatlarda
- 1Tormoz — xavfsizlikning asosi: u avtomobilni o‘z vaqtida to‘xtatadi.
- 2Tormoz suyuqligi oqsa, tormoz kuchsiz bo‘lsa yoki kompressor bosimni ushlab turolmasa — mashina vaqtida to‘xtamaydi.
- 3Bularning har birida avtomobildan foydalanish taqiqlanadi.
YHQ izohi: YHQ 3-ilovasi 1-boʻlim 1.3, 1.4-bandlariga asosan, transport vositasidan foydalanishni taqiqlovchi holatlar: gidravlik tormoz uzatmasining zichligi (germetikligi) buzilgan boʻlsa. Pnevmatik tormoz uzatmasining zichligi buzilishi natijasida havo siquvchi moslama (kompressor) ishlamay turganda va boshqaruv qismlari ulanmaganda – 30 daqiqada, ulanganida – 15 daqiqada tizimdagi havo bosiminig 0,05 MP (0,5 kg/kv.sm)dan koʻp pasayishiga sabab boʻlsa. YHQ 2-bobi 12-bandi asosan, transport vositasining tormoz tizimi yoki boshqaruvi ishdan chiqsa, transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.
Barcha video darslar — ilovada
Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.