Video darslar · №7
1-bilet, 7-savol
Shu joyda toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?
Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.
Javob variantlari
- 1Ruxsat etiladi
- 2Taqiqlanadi
Nega shunday?
- 1Bu uch tomonlama chorraha: yon yo‘l pastdan asosiy yo‘lga tutashgan.
- 2Odatda chorrahada va unga besh metrdan kam qolganda to‘xtash mumkin emas.
- 3Lekin yo‘l o‘rtasida sidirg‘a chiziq bor — u qarama-qarshi tomonni ajratib turibdi.
- 4Bunday holda yon yo‘lning ro‘parasida to‘xtash ham, to‘xtab turish ham ruxsat etiladi. Furgon aynan shu yerda turibdi.
YHQ izohi: YHQ 91-band.
Barcha video darslar — ilovada
Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.