Video darslar · №11
1-bilet, 11-savol
Zargʻaldoq yoki sariq rangli yalt - yalt etuvchi mayoqchasi yoqilganligi transport vositalariga harakatlanishda imtiyoz beradimi?
Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.
Javob variantlari
- 1Beradi
- 2Bermaydi
Nega shunday?
- 1Zarg‘aldoq yoki sariq mayoqcha faqat ogohlantiradi: «Ehtiyot bo‘ling!»
- 2Uni yo‘l ta’mirlayotgan texnika, katta yuk tashiyotgan yoki nosoz mashinani olib ketayotgan transport yoqadi.
- 3U harakatda hech qanday imtiyoz bermaydi — asosiy yo‘lda siz unga yo‘l berishingiz shart emas.
- 4Imtiyoz faqat ko‘k yoki ko‘k-qizil mayoqcha va maxsus tovush ishorasi birga yoqilganda beriladi.
YHQ izohi: YHQ 28-band.
Barcha video darslar — ilovada
Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.