Prava 5+
Video darslar · №26

2-bilet, 6-savol

Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadilar:

Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.

Javob variantlari

  1. 1Tramvay va avtobus, yengil avtomobil
  2. 2Tramvay, yengil avtomobil, avtobus
  3. 3Yengil avtomobil, tramvay va avtobus
Nega shunday?
  1. 1Yengil avtomobil uchun asosiy yashil ishora yonib turibdi.
  2. 2Tramvay va avtobus uchun esa qizil — ular faqat qo‘shimcha yashil strelka bo‘yicha yuryapti.
  3. 3Strelka bo‘yicha yurganlar boshqa yo‘nalishdagilarga yo‘l berishi shart.
  4. 4Shuning uchun avval yengil avtomobil o‘tadi, keyin tramvay va avtobus.

YHQ izohi: YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning yashil ishorasidagi yoʻnaltirgich yoʻnalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yoʻnalishlardagi transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Barcha video darslar — ilovada

Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.