Video darslar · №35
2-bilet, 15-savol
Qaysi transport vositasiga harakatlanish ruxsat etiladi?
Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.
Javob variantlari
- 1Mototsiklga
- 2Yuk avtomobiliga
- 3Avtobusga
- 4Yengil avtomobilga
- 5Yengil va yuk avtomobillariga
Nega shunday?
- 1Tartibga soluvchining qo‘llari pastga tushirilgan — bu qo‘llar yonga uzatilgani bilan bir xil ma’noni bildiradi.
- 2Uning ko‘kragi va orqasi tomonidagi mototsikl va avtobus uchun harakat taqiqlanadi.
- 3Yon tomonlaridan esa faqat to‘g‘riga va o‘ngga yurish mumkin.
- 4Yuk avtomobili chapga burilmoqchi — bu mumkin emas. Faqat yengil avtomobil yura oladi.
YHQ izohi: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining QOʻLLARI YON TOMONGA UZATILGANDA YOKI TUSHIRILGANDA, chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi. Old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
Barcha video darslar — ilovada
Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.