Prava 5+
Video darslar · №22

2-bilet, 2-savol

Qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?

Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.

Javob variantlari

  1. 1Faqat «B»
  2. 2Faqat «A»
  3. 3«A» va «B»
  4. 4«A», «B», «V» va «G»
  5. 5«A», «B» va «V»
Nega shunday?
  1. 1Avtomobil oldida «Harakatlanish to‘g‘riga» belgisi turibdi.
  2. 2To‘g‘riga — bu «B» yo‘nalishi. Unga yurish mumkin.
  3. 3Belgi o‘ngdagi hovli va binolarga kirishni taqiqlamaydi. Shuning uchun avtomoykaga — «A» yo‘nalishiga ham mumkin.
  4. 4Chapga — «V» va «G» tomonga esa burilish taqiqlanadi.

YHQ izohi: YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimi 4.1.1. «Harakatlanish toʻgʻriga» belgisi yoʻl qismini boshlanishiga oʻrnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovli va yoʻlga tutash boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Barcha video darslar — ilovada

Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.