Prava 5+
Video darslar · №49

3-bilet, 9-savol

Siz qiyalikda svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutib toʻxtadingiz. Bunda avtomobilni joyida tutib turishning eng yaxshi usuli:

Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.

Javob variantlari

  1. 1Toʻxtab turish tormozi bilan
  2. 2Birinchi uzatma ulangan holda ulovchini joydan jilmay aylantirish hisobiga
  3. 3Yurgizgich oʻchirilib, past uzatma ulangan holda
  4. 4Ishchi tormoz bilan
Nega shunday?
  1. 1Qiyalikda avtomobil orqaga sirpanib ketishi mumkin.
  2. 2Ilashish muftasini yarim bosib ushlab tursangiz, u tez yeyiladi. Ishchi tormozni ushlab turish ham noqulay.
  3. 3Eng ishonchlisi — to‘xtab turish tormozi: oyog‘ingiz bo‘shaydi va mashina joyidan qo‘zg‘almaydi.

YHQ izohi: Avtotest 2.0- 2.9 Ishchi (asosiy) tormoz tizimi avtomobil harakatlanishi vaqtida doimiy foydalanishga moʻljallangan va haydovchiga avtomobil harakatini har xil intensivlikda sekinlashtirish yoki uni toʻxtatish uchun xizmat qiladi. Toʻxtab turish tormoz tizimi avtomobilni uzoq muddatli toʻxtash yoki toʻxtab turish vaqtida oʻz-oʻzidan harakatlanib ketishidan saqlab qolish uchun moʻljallangan.

Barcha video darslar — ilovada

Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.