Prava 5+
Video darslar · №51

3-bilet, 11-savol

Piyodalarga yoʻlni piyodalar oʻtish joyidan tashqarida kesib oʻtishga ruxsat etiladimi?

Videoda savol rasmi bo‘yicha tushuntiriladi, pastda — to‘g‘ri javob va izoh.

Javob variantlari

  1. 1Ruxsat etiladi
  2. 2Yoʻlning qatnov qismi chetiga nisbatan toʻgʻri burchak ostida, uning ikkala tomoni yaxshi koʻrinib turadigan, koʻrinish masofasida oʻtish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi mintaqasiz va toʻsiqsiz yoʻllarda kesib oʻtishga ruxsat etiladi
  3. 3Taqiqlanadi
Nega shunday?
  1. 1Piyoda yo‘lni o‘tish joyidan kesib o‘tadi. Agar ko‘rinadigan masofada o‘tish joyi yoki chorraha bo‘lmasa — boshqa joydan ham o‘tish mumkin.
  2. 2Bunda yo‘lni to‘g‘ri burchak ostida, ikki tomoni yaxshi ko‘rinadigan joyda kesib o‘tish kerak.
  3. 3Ajratuvchi bo‘lak yoki to‘siq bor joyda esa o‘tish mumkin emas.

YHQ izohi: YHQ 17-band.

Barcha video darslar — ilovada

Reels formatida varaqlab o‘rganing: bilet yoki mavzuni tanlang. 1–3 biletlar bepul.